locale OZ

O‘zbekiston Superligasining 21-turi doirasidan o‘rin olgan uchrashuvda namanganliklar «Buxoro» mehmoni bo‘ladi

O‘zaro uchrashuvlardagi eng yirik hisob 2001 va 2025 yillar mavsumida kuzatilgan.
O‘zbekiston Superligasining 21-turi doirasidan o‘rin olgan uchrashuvda namanganliklar «Buxoro» mehmoni bo‘ladi
photo: Navbahor FK
O‘zbekiston Superligasi
10.09.2026, Yak.
Dinamo Samarqand
1
Qizilqum
0

O‘zbekiston Superligasining 21-turi doirasidan o‘rin olgan uchrashuvda namanganliklar “Buxoro” mehmoni bo‘ladi.

Mazkur klublar Superliga (oliy liga) o‘yinlarida 63 marta o‘zaro ro‘baro‘ kelgan. Ushbu 63 ta bahsdan 35 tasida "lochinlar" g‘alaba qozongan bo‘lsa, 18 ta uchrashuvda buxoroliklar zafar quchishgan, 10 ta o‘yinda esa durang qayd etilgan.

“Navbahor” shu kunga qadar o‘zaro bahslarda 112 ta to‘p kiritib, o‘z darvozasidan 68 marta to‘p olib chiqqan. Ushbu klublarning o‘zaro o‘yinlarida namanganliklar 115 ochkoni, buxoroliklar esa 64 ochkoni qo‘lga kiritishgan.

O‘zaro uchrashuvlardagi eng yirik hisob 2001 va 2025 yillar mavsumida kuzatilgan. 2001 yili Namanganda o‘tkazilgan o‘yinda “lochinlar” 6:1 hisobida g‘alaba qozonishgan bo‘lsa, buxoroliklar esa o‘tgan yilgi mavsumda vodiy klubini o‘z maydonlarida 5:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratishgan.

Shu kungacha Buxoroda bo‘lib o‘tgan 31 ta bahsning 13 tasida mezbonlar, 11 tasida esa namanganliklar zafar quchishgan. Yettita uchrashuvda esa tomonlar durangga imzo chekishgan. Buxoroliklar o‘z maydonlarida bo‘lib o‘tgan o‘yinlarda namanganliklar darvozasiga 46 ta to‘p kiritib, o‘z darvozalaridan 43 ta to‘p olib chiqishgan.

Jamoalarning o‘zaro barcha uchrashuvlari natijalari:
1992 yil
“Nurafshon” – “Navbahor” – 1:1
“Navbahor” – “Nurafshon” – 2:1
1993 yil
“Navbahor” – “Nurafshon” – 1:0
“Nurafshon” – “Navbahor” – 3:2
1994 yil
“Navbahor” – “Nurafshon” – 1:2
“Nurafshon” – “Navbahor” – 1:0
1995 yil
“Nurafshon” – “Navbahor” – 2:0
“Navbahor” – “Nurafshon” – 3:0
1996 yil
“Nurafshon” – “Navbahor” – 1:1
“Navbahor” – “Nurafshon” – 3:0
1997 yil
“Navbahor” – “Buxoro” – 6:1
“Buxoro” – “Navbahor” – 1:4
1998 yil
“Navbahor” – “Buxoro” – 2:1
“Buxoro” – “Navbahor” – 3:1
1999 yil
“Navbahor” – “Buxoro” – 1:1
“Buxoro” – “Navbahor” – 0:1
2000 yil
“Buxoro” – “Navbahor” – 1:0
“Navbahor” – “Buxoro” – 5:1
2001 yil
“Navbahor” – “Buxoro” – 6:1
“Buxoro” – “Navbahor” – 1:2
2002 yil
“Buxoro” – “Navbahor” – 2:1
“Navbahor” – “Buxoro” – 3:0
2003 yil
“Navbahor” – “Buxoro” – 2:1
“Buxoro” – “Navbahor” – 3:4
2004 yil
“Buxoro” – “Navbahor” – 0:4
“Navbahor” – “Buxoro” – 3:1
2005 yil
“Navbahor” – “Buxoro” – 2:0
“Buxoro” – “Navbahor” – 2:3
2006 yil
“Navbahor” – “Buxoro” – 1:0
“Buxoro” – “Navbahor” – 2:1
2007 yil
“Navbahor” – “Buxoro” – 2:1
“Buxoro” – “Navbahor” – 1:0
2008 yil
“Buxoro” – “Navbahor” – 2:1
“Navbahor” – “Buxoro” – 0:1
2009 yil
“Navbahor” – “Buxoro” – 1:1
“Buxoro” – “Navbahor” – 3:0
2011 yil
“Navbahor” – “Buxoro” – 1:0
“Buxoro” – “Navbahor” – 1:1
2012 yil
“Navbahor” – “Buxoro” – 1:1
“Buxoro” – “Navbahor” – 2:1
2013 yil
“Buxoro” – “Navbahor” – 1:1
“Navbahor” – “Buxoro” – 2:3
2014 yil
“Buxoro” – “Navbahor” – 0:2
“Navbahor” – “Buxoro” – 4:1
2015 yil
“Navbahor” – “Buxoro” – 3:1
“Buxoro” – “Navbahor” – 0:1
2016 yil
“Buxoro” – “Navbahor” – 3:2
“Navbahor” – “Buxoro” – 1:2
2017 yil
“Buxoro” – “Navbahor” – 3:3
“Navbahor” – “Buxoro” – 1:0
2018 yil
“Buxoro” – “Navbahor” – 0:1
“Navbahor” – “Buxoro” – 2:0
“Navbahor” – “Buxoro” – 1:0
“Buxoro” – “Navbahor” – 1:2
2019 yil
“Navbahor” – “Buxoro” – 3:1
“Buxoro” – “Navbahor” – 0:0
2020 yil
“Navbahor” – “Buxoro” – 2:0
“Buxoro” – “Navbahor” – 0:0
2023 yil
“Navbahor” – “Buxoro” – 1:0
“Buxoro” – “Navbahor” – 0:3
2025 yil
“Navbahor” – “Buxoro” – 3:0
“Buxoro” – “Navbahor” – 5:0
2026 yil
“Navbahor” – “Buxoro” – 0:1.

Eslatib o‘tamiz, “Buxoro” – “Navbahor” bahsi Buxoro shahridagi “Buxoro” SM stadionida 11 sentyabr kuni soat 19:00da start oladi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting