locale OZ

O‘zbekiston Superligasining 19-turida «Neftchi» o‘z maydonida «So‘g‘diyona»ni 3:0 hisobida mag‘lub etdi

Bahsdagi ikkata golga ham Zoran Marushich mualliflik qildi. U 23-daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa, 60-daqiqada dublini rasmiylashtirdi.
O‘zbekiston Superligasining 19-turida «Neftchi» o‘z maydonida «So‘g‘diyona»ni 3:0 hisobida mag‘lub etdi
photo: Neftchi FK
O‘zbekiston Superligasi
23.08.2026, Yak.
Neftchi Fargona
3
So'g'diyona
0

O‘zbekiston Superligasining 19-turida «Neftchi» o‘z maydonida «So‘g‘diyona»ni 3:0 hisobida mag‘lub etdi.

Bahsdagi ikkata golga ham Zoran Marushich mualliflik qildi. U 23-daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa, 60-daqiqada dublini rasmiylashtirdi. 90+8-daqiqada esa Stive Peritsa yakuny nuqtani qo‘yib, «Neftchi»ga muhim uch ochkoni taqdim etdi.

«So‘g‘diyona» 68-daqiqadan boshlab bir kishi kam bo‘lib qoldi. Zaxiradan maydonga tushgan Shohjahon Sultonmurodov qizil kartochka olib, uchrashuvni muddatidan avval tark etdi.

Mazkur g‘alabadan so‘ng «Neftchi» ochkolari sonini 45 taga yetkazib, ikkinchi o‘rindagi «Paxtakor» bilan farqni 6 ochkoga yetkazdi. «So‘g‘diyona» esa 24 ochko bilan 10-o‘rinda qoldi.

Superliga. 19-tur
Neftchi - So‘g‘diyona 3:0
Gollar: Marushich 23, 60, Peritsa 90+8
Chetlatish: Shohjahon Sultonmurodov 68

Neftchi: Botirali Ergashev, Nurmuhammad Abdug‘aniyev, Koffi Kuao (Izzatillo Po‘latov, 75), Boyan Siger (Farruh Sayfiyev, 87), Ibrohimhalil Yo‘ldoshev, Asilbek Jumayev (Muhsinjon Ubaydullayev, 69), Bilolxon Toshmirzayev (Xurshid G‘iyosov, 69), Vladimir Yovovich, Ikrom Aliboyev, Alisher Odilov, Zoran Marushich (Stipe Peritsa, 87).
So‘g‘diyona: Milan Mitrovich, Zoir Jo‘raboyev, Abdulazizxon Abdurashidov (Shohjahon Sultonmurodov, 46), Islom Qobilov, Behruz Jumatov, Jamshid Boltaboyev (Zenan Zaymovich, 65), Javohir Qahramonov, Ollabergan Karimov, Nodirjon Soyibov, Zabihillo O‘rinboyev (Saidakbar Sharipov, 68), Lyupcho Doriyev.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting