Oyarzabal 22-daqiqada nuqtadan gol urdi
Yamal Fransiyaga qarshi yarim finalda penalti ishladi: Din ispaniyalik vingerga e’tibor bermay, jarima maydonida unga zarba berdi. Oyarzabal 22-daqiqada nuqtadan gol urdi
Ispaniya terma jamoasi vingeri Lamin Yamal JCH-2026 yarim finalida Fransiyaga qarshi o‘yinda penalti ishladi. Birinchi bo‘limda hisob 1:0 ko‘rinishida Ispaniya foydasiga bo‘lib turibdi.
Uchrashuvning 20-daqiqasida Yamalga fransiyalik himoyachi Lyuka Din qo‘pollik ishlatdi. Fransuz futbolchisi jarima maydoni chetida to‘pni uzoqlashtirishga harakat qildi, biroq ortidan chiqib kelgan Yamalni ko‘rmay qoldi. Natijada Din to‘p o‘rniga Laminga zarba berdi.
Bosh hakam Ivan Barton ushbu vaziyatdan so‘ng 11 metrlik jarima zarbasini belgiladi. Mikel Oyarzabal esa 22-daqiqada penaltini aniq amalga oshirib, Ispaniyani hisobda oldinga olib chiqdi.