Otabek Narzullayev: Bizda xarakter yo‘qolib qoldi
Superliga 9-turdan o‘rin olgan "Surxon" – "Mash’al" bahsi 2:1 hisobida yakun topdi. O‘yindan keyin "Mash’al" murabbiyi Otabek Narzullayev matbuot anjumanida ishtirok etdi.
photo: Mash'al fk
O‘zbekiston Superligasi
22.04.2026, Yak.
Surxon
2
Mashal
1
Superliga 9-turdan o‘rin olgan "Surxon" – "Mash’al" bahsi 2:1 hisobida yakun topdi. O‘yindan keyin "Mash’al" murabbiyi Otabek Narzullayev matbuot anjumanida ishtirok etdi.
- O‘yin haqida fikringiz?
"Jangovor uchrashuv guvohi bo‘ldik. Gol urib hisobni ochdik va shundan keyin xarakter kerak bo‘ladi. Xarakter "Surxon"da paydo bo‘ldi va raqibimiz g‘alaba qozondi. Bizda esa yo‘qolib qoldi. Bu nima bilan bog‘liq bilmayman. Yutib turgan joyda yutqazib qo‘ydik. "Surxon"ni g‘alaba bilan tabriklayman. Bugun xarakter rol o‘ynadi va raqib shuning evaziga bizni mag‘lub etdi",-dedi mutaxassis.
Ibrohim Jalolov
Redaktor