locale OZ

O‘rtoqlik o‘yini. Argentina Kosta-Rikani yirik hisobda mag‘lub etdi

Pas, Alvares va Mastantuono dubl qayd etdi
Futbol
O‘rtoqlik o‘yini. Argentina Kosta-Rikani yirik hisobda mag‘lub etdi
Фото: Getty Images

Argentina terma jamoasi o‘rtoqlik uchrashuvida Kosta-Rika ustidan ishonchli g‘alabaga erishdi. Messi terma jamoadan ketganidan so‘ng ikkinchi uchrashuvini o‘tkazgan argentinaliklar bahsi 7:0 hisobida yakunlandi.

G‘oliblar safida Nikolas Pas, Xulian Alvares va Franko Mastantuono dubl qayd etdi. Aleksis Makallister ham o‘z nomiga bitta gol yozdirib qo‘ydi. Uchrashuvda hisob 8-daqiqada ochildi. Nikolas Pas Enso Fernandesning uzatmasidan keyin darvozani ishg‘ol qildi. 35-daqiqada Xulian Alvares Agustin Guayning pasidan so‘ng farqni oshirdi.

39-daqiqada Pas Maksimo Perronening uzatmasini golga aylantirib, dubl qayd etdi. 43-daqiqada esa Alvares Jyanluka Prestianinnining pasidan keyin hisobni 4:0 ga yetkazdi.

48-daqiqada Franko Mastantuono Perronening uzatmasidan keyin chiroyli gol urdi.

78-daqiqada Aleksis Makallister hisobni 6:0 ko‘rinishiga keltirdi. 89-daqiqada esa Mastantuono Juliano Simeonening uzatmasidan keyin ikkinchi golini kiritib, uchrashuvga yakun yasadi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting