OKMK «Mash’al»ni kichik hisobida g‘alaba yengdi
Superliga 14-turida OKMK "Mash’al"ni qabul qildi va 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
O‘yinda mehmonlar Ergash Ismoilovning 21-daqiqadagi goli evaziga hisobni ochishdi. Bunga mezbonlar ikki bor javob qaytardi - Asadbek Sobirjonov 32-daqiqada, Abror Karimov 90+2-daqiqada gol urdi.
Muborakliklar Muhammadali Aliqulovning 64-daqiqadagi qizil kartochkasidan so‘ng 1 kishi kam bo‘lib o‘yinni yakunlashdi.
OKMK 25 ochko bilan 3-o‘ringa ko‘tarildi. "Mash’al" 4 ochko bilan so‘nggi 16-pog‘onada.
O‘zbekiston Superligasi. 14-tur
27.07.2026 | 20:00 OKMK sport majmuasi, Olmaliq
OKMK — «MASH’AL» — 2:1
Bosh hakam: Abdurashid Xudoyberganov
Yordamchi hakamlar: Dilshod Jumaniyozov, Quvondiq Do‘schanov
Zaxira hakami: Farruh Yaansupov
Nazoratchi: Oleg Dachev
Komissar: Sanjar Haydarov
VAR: Ahrol Risqullayev
AVAR: Alisher Usmonov
Gollar: Ergash Ismoilov 21 (0:1), Asadbek Sobirjonov 32 (1:1), Abror Karimov 90+3 (2:1).
OKMK: Javohir Ilyosov, Georgi Papava, Avazbek O‘lmasaliyev, Dilshod Ahmadaliyev, Aziz Xolmurodov (Ali Abdurahmonov, 75), Asadbek Sobirjonov (Urosh Koyich, 75), Nodir Abdurazzoqov (Hazrat Tursunqulov, 83), Saidafzalxon Axrorov (Ahmadullo Muqumjonov, 90+2), Arixiro Sentoku (Ivan Peshich, 75), Abror Karimov, Siyavash Haqnazariy.
Zaxira: Hamidullo Abdunabiyev, Shahzod Tairov, Mirjamol Qosimov, Abubakr Rizo Turdialiyev.
«Mash’al»: Vladislav Rusanov, Zafarbek Akramov, Straxinya Boshnyak, Sardor Abduraimov, Ibrohim G‘anixonov, Humoyun Murtazoyev (Farruh Ibrohimov, 70), Ilhomjon Abdig‘aniyev (Bobir Asqarov, 56), Tohir Tohtasinov, Ergash Ismoilov, Sherzod Fayziyev, Drago Bumbar (Muhammadali Aliqulov, 56).
Zaxira: Dostonbek To‘xtaboyev, Komil Tojiddinov, Vlatko Stoyanovski, Mahmud Jo‘raboyev, Ruhiddin Xolmatov, Izzatillo Abdulhaqov.
Ogohlantirishlar: Avazbek O‘lmasaliyev (27), Tohir Tohtasinov (62).
Chetlatish: Muhammadali Aliqulov (64).