locale OZ
locale OZ
Mehmon
Mehmon Izoh qoldirish uchun kiring yoki ro'yxatdan o'ting
Menyu

Nimalar bo'lyapti o'zi? "El-klasiko" oldidan jiddiy nizolar boshlndi

Futbol 25 apr 2025 da 15:50
Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Nimalar bo'lyapti o'zi? "El-klasiko" oldidan jiddiy nizolar boshlndi
Photo: gettyimages

Bir necha soatlardan keyin Ispaniya kubogi finalida “Barselona” hamda “Real Madrid” jamoalari o'rtasidagi bahs bo'lib o'tishi rejalashtirilgan. Ayni daqiqalarda uchrashuv oldidan nizolar kelib chiqib, OAV diqqat e'tiborini tortib turibdi. Bugungi jarayonni e'tiboringizga havola qilamiz:

Ispaniyada kubok finali oldidan nafaqat futbolchi va murabbiylar, balki hakamlar ham matbuot anjumanida ishtirok etishadi. Finalning bosh hakami De Burgos matbuot anjumanida yig‘lab yubordi. Ispaniyada yomon hakamlik bo‘lsa, hakam jamoalardan birini "o‘g‘irladi" deyish odat tusiga kirgan.

"Aslida biz boshdan kechirayotgan holatlarimiz, umuman bo‘lishi kerak emas. O‘g‘lim maktabga borsa, bolalar unga "sening otang o‘g‘ri*" deyishgan, bu chindan ham juda dahshatli holat",-deydi “el-klasiko”ni boshqarishga tayinlangan hakam

Vziyatga Gonsales Fuertes (ertangi o‘yinda VAR’da ishlaydi) ham o'z fikrini bildirdi:

“Ispan hakamligi juda yuqori saviyada. Ehtimol, Yevropada kuchli 3 yoki kuchli 4 talikka kiradi. Biz bunga shubha qilmaymiz. Atrofimizda sodir bo‘layotgan voqealar adekvat emas, biz bu ta’qib va bezorilikni to‘xtatish uchun choralar ko‘ramiz”,-deydi Gonsales

Hammasi mana shundan keyin boshlandi va "Real Madrid" Qirol kubogi finalida hakamlarni almashtirishni xohlab qoldi.

Klubning RFEFga ma’lum qilishicha, hakamlarning matbuot anjumanidagi bayonotlari neytrallik yo‘qligini ko‘rsatdi - ular deyarli ochiqchasiga Madridni oqibatlar bilan tahdid qilishdi

Keyin, "Real" Anchelotti va Modrichning matbuot anjumanini bekor qildi.

"Real Madrid" RFEF protokolida ko‘rsatilgan barcha rasmiy tadbirlarni bekor qildi: matbuot anjumani va fotosessiya o‘tkazilmaydi. Bu ham yetmagandek, MARCA nashrining yozishicha, klub "La Kartuxa"dagi kechki mashg‘ulotni ham bekor qilgan va Xorxe Kalabresning yozishicha, madridliklar kubok finalida o‘ynashiga hozircha kafolat yo‘q.

“Qirollik klubi” RFEF'dan bugungi matbuot anjumanida finalchilardan biriga dushmanona munosabatda bo‘lgan hakamlarni almashtirishni talab qildi. Birozdan keyin esa, Madridning finalda o‘ynamasligi mumkinligini tasdiqladi. Klub yuristlari ayni damda madridliklar hakamlardan uzr so‘rashini talab qiladigan bayonot tayyorlamoqda.

Ma’lumotlar Xayrulla Hamidov telegram kanalidan olindi

Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting