Neftchi Superliga 8-turidan o'rin olgan Nasafga qarshi bahs uchun 5-sektor chiptalarini sotuvga chiqarmaydi
Bunga sabab — avvalgi uchrashuvlarda aynan ushbu sektordan maydonga turli buyumlar uloqtirilgani bilan bog‘liq noxush holatlar qayd etilgan.
photo: Neftchi FK
O‘zbekiston Superligasi
18.04.2026, Yak.
Neftchi Fargona
2
Nasaf Qarshi
1
Neftchi Superliga 8-turidan o'rin olgan Nasafga qarshi bahs uchun 5-sektor chiptalarini sotuvga chiqarmaydi. Bu haqida klub matbuoti xabar berdi.
"Ushbu uchrashuv uchun 5-sektor chiptalari sotuvga chiqarilmaydi.
Bunga sabab — avvalgi uchrashuvlarda aynan ushbu sektordan maydonga turli buyumlar uloqtirilgani bilan bog‘liq noxush holatlar qayd etilgan.

Shu munosabat bilan, Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga asosan, 5-sektor vaqtincha yopildi va ushbu sektor uchun chiptalar realizatsiya qilinmaydi.
Muxlislarimizdan stadionda tartib va madaniyatga rioya qilishlarini so‘raymiz. Bu — jamoamiz va stadion imiji uchun juda muhim",-deb yoziladi klub rasmiy sahifasida.
Ibrohim Jalolov
Redaktor