locale OZ

“Neftchi” Shaxzod Ne'matjonovni o‘z safiga qo‘shib oldi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Neftchi” Shaxzod Ne'matjonovni o‘z safiga qo‘shib oldi
Photo: Neftchi PFK

Farg‘onaning “Neftchi” jamoasi davralar oralig‘idagi o‘quv yig‘ini va yozgi transfer oynasi orqali tarkibni kuchaytirish maqsadida yosh va iqtidorli hujumkor futbolchi Shaxzodjon Ne'matjonov bilan shartnoma imzoladi.

Ma’lumot uchun, Shaxzodjon Ne'matjonov 2003-yil 6-avgust kuni Toshkent viloyatining Bekobod shahrida tug‘ilgan. Futbolga bo‘lgan kuchli ishtiyoqi sababli olti yoshida Bekobodning "Metallurg" futbol maktabida ilk saboqlarini olgan Shaxzodjon 2015-yilda Toshkentga ko‘chib o‘tib, dastlab "Paxtakor", keyinchalik esa "Bunyodkor" sport maktabida ta’lim olishda davom etadi.

Futbolchilik faoliyatini o‘zi uchun qadirdon bo‘lgan Bekobodning "Metallurg" yoshlar jamoasida boshlab, 2024-yilgacha shu yerda to‘p surdi. "Neftchi"ga o‘tishdan avval futbolchi Superliganing birinchi davrasini G‘uzorning "Sho‘rtan" klubida o‘tkazdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting