locale OZ

\"Neftchi\" klubi bosh direktori \"derbi\"dan oldin: \"Ikkita gol urgan o'yinchiga ikkita \"gentra\" sovg'a qilaman!\"

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Neftchi" klubi bosh direktori "derbi"dan oldin: "Ikkita gol urgan o'yinchiga ikkita "jentra" sovg'a qilaman!"
PHOTO: Telegram
O‘zbekiston Superligasi
09.05.2025, Yak.
Andijon
0
Neftchi Fargona
2

"Neftchi" klubi bosh direktori "derbi" boshlanishidan oldin futbolchilarga nimalar degan edi?

Superliga 9 turida “Neftchi” hamda “Andijon” jamoalari o'rtasida navbatdagi “vodiy derbi”si bo'lib o'tdi. Ushbu uchrashuvdan oldin "Neftchi klubi bosh direktori Mansurjon Toshmatov futbolchi va murabbiylar bilan uchrashib quyidagi gaplarni aytgan edi:

“Shuncha ishlagan bo'lsak, o'yindan oldin hech ham sizlarni oldizga kirmaganman. Bugun oddiy o'yin bo'lmaydi, buni hammanglar bilib turibsizlar. Bor kuchlaringni berib, faqat yurakdan o'ynanglar. Farg'ona xalqi uchun, tarix uchun, bizni sal pasroqqa tushdi deganlar uchun bor kuchlaring bilan harakat qilinglar. Qo'limdan kelgan nima narsa bo'lsa harakatini qilaman. Aniq bilib turibman, bugun yutamiz va muhlislarimizga qanaqa ekanligimizni isbotlab qo'yamiz. Xudo xohlasa bugun yurak ham, stadion ham g'alaba ham bizniki! Ikkita gol urgan o'yinchiga ikkita ”gentra" avtomobili sovg'a qilaman",-deb so'z nutqlagan Toshmatov

Eslatib o'tamiz ushbu bahsda “Neftchi” 2:0 hisobida g'alaba qozondi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting