locale OZ

“Navbahor” - “Andijon”: Vodiy derbisida ustunlik kim tomonda?

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Navbahor” - “Andijon”: Vodiy derbisida ustunlik kim tomonda?
FOTO: UZPFL
O‘zbekiston Superligasi
28.03.2025, Yak.
Navbahor Namangan
2
Andijon
2

Bugun, 28-mart kuni O'zbekiston Superligasi 3-turidan o'rin olgan markaziy uchrashuvda “Navbahor” va “Andijon” o'zaro to'qnash keladi.

Ta'kidlashning hojati yo'q, har qanday vaziyatda ham ushbu jamoalar o'rtasidagi bahs anshlag holatda, jiddiy qarama-qarshilik ruhi ostida o'tadi.

Hozirga qadar “Navbahor” va “Andijon” milliy chempionatimiz doirasida 56 bor ro'baro' kelgan. Ularning 27 tasida namanganliklar, 13 tasida esa andijonliklarning qo'li baland kelgan. 16 ta uchrashuv durang bilan yakunlangan. To'plar nisbati esa 80-57, “Navbahor” foydasiga.

Mazkur jamoalar o'rtasidagi o'yinlarda eng yirik hisob 2004-yilgi mavsumda qayd etilgan. O'shanda “lochinlar” “burgutlar”ni 5:0 hisobida mag'lub etgan.

Eslatib o'tamiz, “Navbahor” - “Andijon” o'rtasidagi uchrashuv bugun Toshkent vaqti bilan soat 19:30 da Namangandagi “Markaziy” stadionida start oladi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting