Muhammadali G‘iyosov – «Navbahor» futbolchisi
“Navbahor” yozgi transfer oynasidan unumli foydalangan holda, o‘z tarkibini mahoratli futbolchilar bilan kuchaytirishni maqsad qilgan edi.
Aynan shunday o‘yinchilardan biri, mahoratli, chaqqon va hujumkor yarim himoyachi Muhammadali G‘iyosov “lochinlar” bilan bir yarim yillik🤝shartnomaga imzo chekdi.
Muhammadali G‘iyosov o‘z faoliyatini 2019 yilda "Buxoro" klubida boshlagan. 2020 yilgi mavsumda ilk bor asosiy tarkibda debyut qilgan. 2021 yilgi mavsumdan Toshkentning "Olimpik" jamoasi sharafini himoya qilgan.
2023 yilning yozidan boshlab "Qizilqum" jamoasi safida ham harakat qilgan. O‘sha yilning ikkinchi davra o‘yinlarida "Qizilqum" tarkibida 13 ta o‘yinda 5 ta gol muallifi bo‘lgan. 2024 yilgi mavsumda Navoiy jamoasi tarkibida barcha musobaqalarda 25 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol muallifi bo‘lgan.
2024 yilgi mavsum yakunida Navoiy jamoasini tark etib, Farg‘onaning "Neftchi" klubi bilan shartnoma imzolagan. Joriy yilning birinchi davrasida Farg‘onaning "Neftchi" jamoasi safida to‘p surgan.