Milliy futbol markazida jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha seminar tashkil etildi
Milliy futbol markazida Respublika hamda viloyatlar futbol akademiyalarining jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiylari uchun “Jismoniy tayyorgarlik” yo‘nalishida seminar o‘tkazildi.
Futbol
photo: UFA

Seminarning asosiy maqsadi murabbiylarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini oshirish, yosh futbolchilarning jismoniy tayyorgarligini rivojlantirishda zamonaviy yondashuvlarni tatbiq etish hamda akademiyalar o‘rtasida o‘zaro tajriba almashishdan iborat.
Seminar davomida futbolchilarning jismoniy sifatlarini rivojlantirish, mashg‘ulot yuklamalarini to‘g‘ri rejalashtirish va tayyorgarlik jarayoni samaradorligini oshirishga qaratilgan masalalarga alohida e’tibor qaratildi.