locale OZ

“Milan”ning sobiq murabbiyi Eldor Shomurodovga ustozlik qilishi mumkin

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Milan”ning sobiq murabbiyi Eldor Shomurodovga ustozlik qilishi mumkin
FOTO: Lega Seria A

Saudiyaning “An-Nassr” klubi bosh murabbiyi Stefano Pioli faoliyatini A Seriyada davom ettirishi mumkin. Bu haqda La Gazzette dello Sport nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, “Milan”ning sobiq murabbiyi “Roma”ni boshqarish uchun asosiy nomzodlardan biri hisoblanadi. Uni shaxsan Klaudio Ranyeri Rimga olib kelmoqchi.

Ta'kidlanishicha, “Roma” Piolini uzoq muddatli loyiha uchun to'g'ri tanlov ekaniga ishonchi komil, biroq uning Ar-Riyodni tark etmasligiga ikkita sabab bor - mavsum uchun 13 million yevro maosh va Osiyo Chempionlar Ligasidagi g'alaba.

Eslatib o'tamiz, avvalroq “An-Nassr” mavsumdagi qoniqarsiz natijalar, shuningdek, Ronaldu bilan o'rtadagi tushunmovchiliklar sabab Stefano Piolini iste'foga chiqarishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting