locale OZ

Mbappe «Real»dagi yubiley 100-golini urdi

Bu Kilianing Madrid klubi safidagi 99- va 100-gollari bo‘ldi.
Futbol
Mbappe «Real»dagi yubiley 100-golini urdi
Фото: Getty Images

Kilian Mbappe «Real» safidagi yubiley golini urdi.

Fransiyalik hujumchi Ispaniya chempionatining 10-turidan o‘rin olgan «Barselona»ga (2:1) qarshi bahsda dubl qayd etdi. Bu Kilianing Madrid klubi safidagi 99- va 100-gollari bo‘ldi.

Mbappe «qaymoqranglilar» tarkibidagi 116-o‘yinida ushbu marraga yetdi. «Real» tarixida faqat 4 futbolchi 100 ta gol chegarasini Mbappedan tezroq zabt etgan.

Bular: Ferens Pushkash — 101 ta o‘yinda; Krishtianu Ronaldu — 105 ta o‘yinda; Painio — 114 ta o‘yinda; Alfredo Di Stefano — 114 ta o‘yinda.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting