«Manchester Yunayted»ning g‘alabasiz seriyasi 8 ta o‘yinga yetdi
Qayd etish joiz, «qizil iblislar» joriy mavsumda o‘tkazgan 12 ta uchrashuvida atigi ikki marta g‘alaba qozongan.
Futbol
Фото: Getty Images
Angliya Premer-ligasining 8-turidan o‘rin olgan «Manchester Yunayted» hamda «Bornmut» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Manchester shahridagi «Old Trafford»da o‘tgan bahs mezbonlarning 0:3 hisobidagi mag‘lubiyati bilan yakunlandi.
Shu tariqa, «Manchester Yunayted»ning g‘alabasiz seriyasi sakkizta o‘yinga yetdi. Manchesterliklar so‘nggi yettita uchrashuvda besh marta mag‘lubiyatga uchrab, yana uch bor durang qayd etdi.
Qayd etish joiz, «qizil iblislar» joriy mavsumda o‘tkazgan 12 ta uchrashuvida atigi ikki marta g‘alaba qozongan. Jamoa «Ipsvich»ni 5:2, «Sabah»ni esa 4:0 hisobida mag‘lub etgan.
Shuningdek, «Manchester Yunayted» so‘nggi ikki uchrashuvda o‘z darvozasidan yettita to‘p olib chiqdi.