Arshavin: «Oltin to‘p» uchun aniq favorit yo‘q»
Sovrin bugun Londonda o‘z egasiga topshiriladi.
Futbol
Фото: Getty Images
«Zenit» hamda Londonning «Arsenal» klublarida to‘p tepgan Andrey Arshavin 2026 yil yakunlariga ko‘ra «Oltin to‘p» sovrinini kim qo‘lga kiritishi mumkinligi haqidagi savolga javob berdi.
— «Oltin to‘p»ni kim qo‘lga kiritadi?
— Aniq da’vogar yo‘q. Bu savolga javobim ham yo‘q, chunki mening nazarimda, ushbu poygada yaqqol favorit mavjud emas. Agar tanlash imkoni bo‘lganida, Lionel Messini tanlagan bo‘lardim. Ammo, nazarimda, u hatto taqdirlash marosimiga ham kelmasa kerak, — dedi Arshavin.
Eslatib o‘tamiz, «Oltin to‘p»ning amaldagi sohibi — Fransiya terma jamoasi va «PSJ» qanot hujumchisi Usmon Dembele.