locale OZ

Bugun «Oltin to‘p» sohibining nomi ma’lum bo‘ladi

Marosim Toshkent vaqti bilan 27 oktabrga o‘tar kechasi soat 01:00 da boshlanadi.
Futbol
Bugun «Oltin to‘p» sohibining nomi ma’lum bo‘ladi
Фото: Getty Images

Bugun, 26 oktabr kuni futbol olamidagi eng nufuzli individual mukofot — "Oltin to‘p"ni topshirish marosimi bo‘lib o‘tadi.

2026 yilgi taqdirlash tadbiri ilk bor Angliya poytaxti Londondagi "Palladium" teatrida tashkil etiladi. Marosim Toshkent vaqti bilan 27 oktabrga o‘tar kechasi soat 01:00 da boshlanadi.

"France Football" nashri va UEFA hamkorligida o‘tkaziladigan tadbirda yilning eng yaxshi erkak va ayol futbolchilari aniqlanadi.

Shuningdek, eng yaxshi darvozabon, yosh futbolchi, murabbiy, klub va hujumchi kabi yo‘nalishlarda ham sovrinlar o‘z egalariga topshiriladi.

Bu yilgi marosim alohida ahamiyatga ega. Sababi, 1956 yilda ta’sis etilgan "Oltin to‘p" mukofoti o‘zining 70 yilligini nishonlamoqda.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting