locale OZ

“Mash’al” Muborakda “So’g’diyona”ni mag’lub qildi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Mash’al” Muborakda “So’g’diyona”ni mag’lub qildi
PHOTO: Telegram
O‘zbekiston Superligasi
29.03.2025, Yak.
Mashal
1
So'g'diyona
0

O’zbekiston Superligasining 3-turida “Mash’al” va “So’g’diyona” jamoalari o’zaro to’qnash keldi.

Muborak shahrida bo’lib o’tgan ushbu bahsda omad Jizzaxliklardan yuz o’girdi. Uchrashuvning birinchi bo’limiga qo’shib berilgan to’rtinchi daqiqasida Islombek Baratov o’yindagi yagona gol muallifiga aylandi. Ikkinchi bo’limning 74-daqiqasida bosh hakam “Mash’al” darvozasi tomon penalti belgiladi. “Bo’rilar” futbolchisi Javohir Qahramonov o’n bir metrlik zarbadan unumli foydalana olmasdan qahramonlik ko’rsatolmadi. Ushbu vaziyatda “Yo’lbarslar” darvozaboni Dostonbek To’xtaboyev ajoyib harakat qilib, o’zidan o’ng tomonga yo’naltirilgan zarbani qaytarishga erishdi va tablodagi hisob o’yin ohiriga qadar o’zgarishsiz qoldi.

Bu g’alabadan keyin muborakliklar bir o’yin kam o’tkazgan holda 3 ochko bilan turnir jadvalida 10-o’ringa ko’tarilib oldi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting