Manba: Kilian Mbappe “Barselona”ga qarshi o'yinga qadar safga qaytadi
Madridning “Real” klubi hujumchisi Kilian Mbappe 26-aprel kuni bo'lib o'tadigan “Barselona”ga qarshi Ispaniya Kubogi finalida maydonga tushishga to'liq tayyor bo'ladi. Bu haqda Relevo nashri jurnalisti Xorxe Pikon xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, forvard ehtiyot chorasi sifatida La Liganing 33-turi doirasidagi “Xetafe”ga qarshi bahsda ishtirok etmaydi. Futbolchining o'zi allaqachon jamoa bilan mashg'ulot o'tkazmoqda va El-Klasikoda maydonga tusha oladi.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Mbappe to'pig'idan jarohat olgandi.
Ma'lumot uchun, Kilian joriy mavsum barcha turnirlarda 50 ta o'yinda maydonga tushib, 33 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 170 million yevroga baholanmoqda.