locale OZ

Maksim Shatskix: Bugun bizning kunimiz emas ekan

Andijon bosh murabbiyi Qizilqum bilan o'yindan keyin fikr bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Maksim Shatskix: Bugun bizning kunimiz emas ekan
photo: Andijon fk
O‘zbekiston Superligasi
09.11.2025, Yak.
Qizilqum
2
Andijon
1

“Qizilqum” - “Andijon” (2:1) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida dastlab burgutlar bosh murabbiyi Maksim Shatskix ishtirok etdi.

- Birinchi boʻlimni yaxshi oʻtkazdik, ikkinchisi unchalik emas. Bunday natija boʻlmasligi uchun oʻyinni birinchi boʻlimda hal qilib qoʻyish kerak edi.

- Siz 4 ta himoyachi va 1 hujumchi bilan oʻynadingiz. “Qizilqum”da esa 3 ta hujumchi va 2 ta himoyachi bilan oʻynadi. Toʻp bilan muomala vaqti “Andijon”da koʻproq, lekin darvozaga zarbalar kam. Nimaga bunchalik himoyaviy variant tanlayapsiz? Qolaversa, himoyachilar xato qilyapti.

- Qaysi himoyachilar?

- Birinchi golni nazarda tutyapman.

- Raqib jamoa umumiy hisobda uch marotaba bizning darvozamiz tomon oʻtyapti-da ikkita gol urmoqda, tushunarsiz. Yana bir bor aytaman, bu oʻyinni birinchi boʻlimda hal qilishimiz kerak edi. Shunda hech nima boʻlmasdi. Kuchsiz jamoaligini koʻrmadim. Biz oʻz darajalarimizni namoyish etdik, balki qandaydir motivatsiya boʻlmagandir. Yoʻlimiz ham yaqin emas. Birinchi boʻlimda ustunlik qilganimizda masalani hal qilishimiz lozim edi. Raqib hech nima yaratmadi. Hammasi bizning nazoratimizda edi. Butun 90 daqiqa davomida uch marta hujumga oʻtib, ikkita gol urmoqda. Bu - futbol. Himoyadagi indvidual xato, nima ham qila olamiz?!

- Uzoq yil Yevropa futbolida oʻynagansiz. Bizni futbolni Yevropa darajasiga olib chiqish uchun nima qilish kerak? Bizga nima yetishmaydi?

- Bu juda uzun savol, bir ogʻiz soʻz bilan taʼriflab boʻlmaydi. Men futbolchilarga doim aytaman: ularni qanday futbolchi ekanliklarini, Chempionlar ligasida, terma jamoalarda oʻynashni xohlasa, ulardan nima farqi bor. Ularda ham ikki oyoq, ikki qoʻli bor. Faqat muomala boshqacha. Har kuni mehnat va harakat qilish kerak. Shunda biz oʻsamiz. Bugun men futbolchilarni ayblamayman. Raqib ikki-uch marta hujumga oʻtib, ikkita gol uryapti, tushunarsiz rekoshet boʻlyapti. Kulguli. Darvozabon jarohat oldi, ikkinchi darvozabon ham shunday boʻlyapti. Bugun hammasi bizga qarshi, ha, bizning kunimiz emas ekan.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting