locale OZ

Akmal Rustamov: Andijonda imkoniyat koʻproq boʻldi

Qizilqum bosh murabbiyi Andijon bilan o'yindan keyin fikr bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Akmal Rustamov: Andijonda imkoniyat koʻproq boʻldi
photo: Andijon fk
O‘zbekiston Superligasi
09.11.2025, Yak.
Qizilqum
2
Andijon
1

“Qizilqum” - “Andijon” (2:1) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar bosh murabbiyi Akmal Rustamov qatnashdi:

- “Andijon” bilan juda qiyin oʻyin boʻlishini bilardik. Jizzaxdagi magʻlubiyatdan keyin rahbariyatimiz va muxlislarimiz oldida ham gʻalabaga boʻlgan ishtiyoq yuqori edi. Futbolchilarimizga va rahbariyatga rahmat. Bizni qoʻllab turishibdi. Yigitlar koʻrsatmalarni toʻliq bajarishdi. Chempionatni oxiri va jamoalarga qiyin. “Andijon” ham OCHLda oʻynayapti, ularga ham ogʻir. Safarlarga borib kelishyapti. Bizda ham qiyinchiliklar bor. Bugungi uchrashuvda 4 ta futbolchimizni sariq kartochkalari toʻplanib qolganligi uchun oʻynay olishmadi. Yoshlarimiz bilan harakat qildik, ularni tarbiyalashda davom etamiz. Keyingi yildan jamoada navoiylik yoshlarimizni tarkibga qoʻyib boramiz.

- Hujumkor oʻyin koʻrsatishyapti. Lekin oʻtkir hujumchi koʻrinmayapti. Gol ham standartlardan urilyapti. Buni qanday tushuntira olasiz?

- Ular vazifalarni bajarishdi. Yechinish xonasida aytilgan vazifani uddalashdi, ularga rahmat. Oʻyinda qarshi hujumda oʻynadik. Ammo hisob bizni foydamizga va barcha muxlislarimizni tabriklayman.

- “Andijon” bosh murabbiyi “Qizilqum” vaziyat yarata olmaganini aytdi. Bunga siz nima deysiz?

- Hammani oʻz fikri bor. Menda bunday fikr yoʻq. Biz bitta imkoniyat boʻlsa, shundan gol urishni xohlaymiz. “Andijon”ga qarshi yaxshi tayyorgarlik koʻrgandik. Xudoga shukr, yuzimiz yorugʻ boʻldi. Gʻalaba biz tomonda. Ularda imkoniyat koʻproq boʻldi, ammo foydalana olishmadi. Biz ham Jizzaxda “Soʻgʻdiyona”ga qarshi oʻynaganimizda 6-7 ta yaxshi vaziyatlarni yaratgandik. Bu safar ikkita vaziyatimizdan ikkita gol urdik. Yigitlardan minnatdorman.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting