Maksim Shatskix: Barchasiga men aybdorman. Jamoamizga nimadir yetishmayapti
Dinamo - Andijon uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida dastlab burgutlar bosh murabbiyi Maksim Shatskix qatnashdi.
photo: Andijon fk
O‘zbekiston Superligasi
15.11.2025, Yak.
Dinamo Samarqand
2
Andijon
0
“Dinamo” - “Andijon” (2:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida dastlab burgutlar bosh murabbiyi Maksim Shatskix qatnashdi.
“Oʻyin haqida koʻp gapirmayman. Chempionatda yuz berayotgan hodisalar - bu meni aybim. Yigitlarni negadir ruhlantira olmayapman. Nimaiki, voqea boʻlayotgan boʻlsa meni xatoim.
Jamoamizga nimadir yetishmayapti. Chempionatdagi barcha oʻyinlardagi kamchiliklar meni aybim. Hech narsani yashirishni xohlamayman. Barchasiga men aybdorman. Boshqa hech narsa ayta olmayman”.
Ibrohim Jalolov
Redaktor