locale OZ

Luis de la Fuente: «Raqibni o'z o'yinini qurishga yo'l qo'ymaslik kerak»

Jamoalar o‘rtasidagi uchrashuv bugun (Toshkent vaqti bilan soat 23:59) bo‘lib o‘tadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Luis de la Fuente: «Raqibni o'z o'yinini qurishga yo'l qo'ymaslik kerak»
photo: gettyimages
Jahon chempionati (JCH-2026)
14.07.2026, Yak.
Fransiya
0
Ispaniya
2

Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente JCH-2026 yarim finali doirasida Fransiyaga qarshi kechadigan o‘yin natijasi nimaga bog‘liq bo‘lishi haqidagi savolga javob berdi. Jamoalar o‘rtasidagi uchrashuv bugun (Toshkent vaqti bilan soat 23:59) bo‘lib o‘tadi. Bir kun o‘tib esa Argentina va Angliya terma jamoalari ishtirokidagi ikkinchi yarim final bahsi o‘tkaziladi.

«Futbol – oddiy o‘yin. O‘z uslubingni singdirishing va raqibni zararsizlantirishing, unga o‘z o‘yinini ko‘rsatishga yo‘l qo‘ymasliging kerak. Bo‘lajak o‘yinda buni kim uddalashini bilmayman, ammo o‘sha jamoada g‘alaba qozonish imkoniyati ko‘proq bo‘ladi», — dedi de la Fuente matbuot anjumanida.

Jahon chempionati finali 19 iyulga belgilangan. «Qizil furiya»ning mundialdagi hozirgacha yagona bo‘lgan chempionligi 2010 yilga to‘g‘ri keladi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting