locale OZ

Lempard «Koventri» bilan APLdagi ilk g‘alabasiga erishdi

Jamoa hisobida endi 3 ochko bor.
Lempard «Koventri» bilan APLdagi ilk g‘alabasiga erishdi
ФОТО: Getty images

Angliya chempionatining navbatdagi uchrashuvida «Koventri» safarda «Nottingem Forest»ni minimal hisobda — 1:0 mag‘lub etdi.

Uchrashuvdagi yagona gol 55-daqiqada urildi. Jey Dasilva Karl Rashvortning uzatmasidan so‘ng «Nottingem Forest» darvozasini ishg‘ol qilib, mehmonlarni oldinga olib chiqdi — 0:1.

O‘tkazib yuborilgan goldan keyin mezbonlar hisobni tenglashtirishga harakat qildi. Biroq «Koventri» o‘z ustunligini yakuniy hushtakkacha saqlab qoldi.

Shu tariqa, «Koventri» omadsizliklar seriyasiga chek qo‘yib, Angliya chempionati-2026/27 mavsumidagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi. Jamoa hisobida endi 3 ochko bor. «Nottingem Forest» esa 5 ochko bilan qoldi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting