locale OZ

La Liga. «Real» mavsumning dastlabki «El Klasiko»sida «Barselona»ni magʻlub etdi

Uchrashuvda Mbappe penaltidan foydalana olmadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
La Liga. «Real» mavsumning dastlabki «El Klasiko»sida «Barselona»ni magʻlub etdi
FOTO: Getty Images
Ispaniya La Ligasi
26.10.2025, Yak.
Real Madrid
2
Barselona
1

Ispaniya La Ligasi 10-turidan oʻrin olgan «Real» va «Barselona» oʻrtasidagi bahs boʻlib oʻtdi. Yakunda madridliklar 2:1 hisobida gʻalaba qozondi.

Dastlab Kilian Mbappe 22-daqiqada hisobni ochdi. 38-daqiqada Fermin Lopes muvozanatni tikladi. 43-daqiqada esa Jud Bellingem mezbonlarga gʻalaba taqdim etgan gol muallifiga aylandi.

Uchrashuvda Mbappe penaltidan foydalana olmadi, shuningdek, uning yana bir goli ofsayd sabab bekor qilindi.

Shu tariqa, «Real» ushbu gʻalabadan soʻng oʻz ochkolari hisobini 27 taga yetkazib, turnir jadvalida peshqadamligini mustahkamlab oldi. «Barselona» esa 22 ochko bilan ikkinchi oʻrinda qoldi.

La Liga. 10-tur

«Real Madrid» — «Barselona» 2:1

Gollar: Mbappe (22), Bellingem (43) — Fermin (38).

Real — Kurtua, Eder Militao, Xeysen, Karreras, Valverde (Karvaxal, 72), Kamavinga, Tchuameni, Vinisius Junior (Rodrigu, 72), Arda Gyuler (Dias, 66), Bellingem (G. Garsiya, 90), Mbappe (Sebalos, 90+1).

Barselona — Shesni, Kubarsi (Bardji, 84), E. Garsiya (Arauxo, 74), Balde (Martin, 90+7), Kunde, de Yong, Fermin Lopes, Pedri, Reshford, Yamal, Torres (Kasado, 74).

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting