locale OZ

La Liga prezidenti: \"Peres shikoyat qilmaydi — tahdid qiladi\"

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
La Liga prezidenti: "Peres shikoyat qilmaydi — tahdid qiladi"
Photo: gettyimages
Ispaniya kubogi
26.04.2025, Yak.
Barselona
3
Real Madrid
2

Jurnalist Qahramon Aslanov yozishicha, La Liga prezidenti Xaver Tebas "Real Madrid" prezidenti Florentino Peres haqida tanqidiy fikrlarni bildirdi:

"Bu futbol emas, hokimiyat.
- Unga Tebas yoqmaydi, chunki u uning xohlaganiday ish tutmaydi.
- Unga Cheferin yoqmaydi, chunki u ham uning xohlaganini qilmaydi.
- Unga Lousan yoqmaydi, chunki u ham uning istaganini qilmaydi.
- Unga telesharhlovchilar yoqmaydi, chunki ular uning istaganini aytmishmaydi.
- Unga hakamlik islohoti yoqmaydi, chunki bu islohot uning xohlaganidek emas.

Endi esa, hakamlar — Real Madrid TV tomonidan doimiy tanqidlardan charchab, bayonot berishganidan keyin, u o‘zicha reaktsiya bildiryapti:

- Matbuot anjumaniga chiqmadi.
- "La Kartuxa"dagi mashg‘ulotni o‘tkazib yubordi.
- Kubok finaliga oid rasmiy tadbirlarga bee’tiborlik qildi.
- Kubok finalida ishtirok etmasligi bilan qo‘rqityapti.
Qarang, qanday nozikta’b.

U norozilik bildirmaydi — bosim o‘rnatadi.
U shikoyat qilmaydi — tahdid qiladi.
U bahslashmaydi — jazolaydi.
U futbolni yaxshilashni istamaydi — u o‘z futbolini istaydi.
Eng yomoni, ko‘pchilik bunga yo‘l qo‘yayotgani va unga yordam berayotganidir"

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting