Karlo Anchelotti Mbappe to'g'risidagi qarorini “Barselona”ga qarshi o'yindan bir necha soat oldin qabul qiladi
Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti hujumchi Kilian Mbappening Ispaniya Kubogi finalida “Barselona”ga qarshi o'yin boshlanishidan bir necha soat oldin maydonga tushirish yoki tushirmaslik borasida qaror qabul qiladi. Bu haqda COPE xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, italiyalik mutaxassis fransiyalik futbolchining maydonga tushishi mumkinligi haqida o'yin boshlangunicha o'ylab ko'radi. Agar Mbappe asosiy tarkibda tushsa, katta ehtimol bilan Rodrigo zaxirada qoladi.
Eslatib o'tamiz, Kilian Mbappe Chempionlar Ligasi doirasidagi “Arsenal”ga qarshi o'yinda jarohat olgandi va shu sabab La Liganing so'nggi ikki o'yinini o'tkazib yubordi.
Ma'lumot uchun, Mbappe joriy mavsum barcha turnirlarda 50 ta o'yinda maydonga tushib, 33 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 170 million yevroga baholanmoqda.