Jiru «Lill» bilan shartnoma imzolaydi – L’Équipe
“Lill” hujumchisi Olivye Jiru o‘zining hozirgi jamoasi bilan yangi shartnoma imzolashi mumkin, deb xabar bermoqda L’Équipe.
Futbolchining “itlar” bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2026-yilning 30-iyuniga qadar amal qiladi. O‘tgan mavsum yakunlariga ko‘ra, jamoa Chempionlar ligasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi va bu hal qiluvchi omil bo‘ldi. Chunki klubda Jiru yoshiga qaramasdan jamoaga foyda keltirishiga ishonishadi. Ehtimol, tomonlar hamkorlikni bir mavsumga uzaytiradi.
O‘tgan klub mavsumidagi 44 ta o‘yinda Jiru 11 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
Avvalroq futbolchi “Monpelye”, “Arsenal”, “Chelsi”, “Milan”, “Los-Anjeles” va boshqa jamoalarda ham to‘p surgan. Fransiya terma jamoasi tarkibida futbolchi jahon chempioni bo‘lgan.