Jamshid Boltaboyev «Neftchi»ni tark etdi
Photo: Neftchi PFK
Farg‘onaning “Neftchi” klubini yana bir futbolchi tark etdi.
Xususan, jamoa safiga mavsum avvalida kelib qo‘shilgan va ko‘plab muxlislar olqishiga sazovor bo‘lgan tajribali himoyachi Jamshid Boltaboyev bilan do‘stona ravishda xayrlashildi.
Jamshid Boltaboyev ushbu mavsumda farg‘onaliklar safida O‘zbekiston superligasi va O‘zbekiston kubogi uchrashuvlarida jami 14 o‘yinda qatnashib, jamoamiz uchun yordam berdi.
“Himoyachimizga kelgusi faoliyatida omad yor bo‘lishini tilab qolamiz”, - deyiladi xabarda.
Futbolchining keyingi jamoasi “Navbahor” bo‘lishi aytilmoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist