locale OZ

Jahongir O‘rozovning agenti: «Bizda Yevropaning top-5 chempionatlaridan aniq takliflar borligi uchun «Rubin» taklifidan voz kechdik»

O‘zbekiston milliy jamoamiz bilan birga ilk bor jahon chempionatida ishtirok etgan «Dinamo» himoyachisi Jahongir O‘rozov atrofida yana turli variantlar bo‘layotgani e’tibor markazida bo‘lib turibdi.
Futbol
Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Jahongir O‘rozovning agenti: «Bizda Yevropaning top-5 chempionatlaridan aniq takliflar borligi uchun «Rubin» taklifidan voz kechdik»
photo: gettyimages

O‘zbekiston milliy jamoamiz bilan birga ilk bor jahon chempionatida ishtirok etgan «Dinamo» himoyachisi Jahongir O‘rozov atrofida yana turli variantlar bo‘layotgani e’tibor markazida bo‘lib turibdi.

So‘nggi kunlarda unga Rossiyaning «Rubin» klubi jiddiy qiziqayotganini hatto, rus OAV da ham yozishyapti, gapirishyapti.

Xo‘sh, O‘rozov chindan «Rubin»ga yo‘l oladimi? Unga yana qanday takliflar bo‘lyapti?

Bu borada Tribina.uz jurnalisti Jahongir O‘rozovning agenti Shaxriyor Eshboyev bilan bog‘landi.

- Jahongir O‘rozovga «Rubin» klubi qiziqayotgani va «Dinamo» bilan muzokaralar olib borilayotgani haqida eshityapmiz. Futbolchining agenti sifatida bu jarayon haqida nima deya olasiz?

- To‘g‘ri, «Rubin» klubidan qiziqish bo‘lgani rost. 4 yillik shartnoma taklif qildi. Lekin Jahongirni o‘zida ham maqsad yuqori: Yevropani kuchli chempionatlarida o‘ynamoqchi. Osiyo, arab chempionatlarida to‘p tepish maqsadi hali yo‘q. Bizda Yevropaning kuchli beshlik chempionatlaridan aniq takliflar borligi uchun «Rubin» variantiga to‘xtalmadik. To‘g‘ri, ushbu taklifdan xursand bo‘ldik, futbolchimizga qiziqish bor. Yaxshi shartnoma va yaxshi oylik taklif qildi. Lekin shoshmasdan hamma variantlarni tahlil qilib, kuchli chempionatga to‘xtalsak kerak. «Rubin» variantini bekor qildik.

- Bundan chiqdi, O‘rozovni «Rubin» klubiga o‘tmasligi aniqmi?

- Kuni kecha «Rubin»dan taklifi bilan kelishdi. Bundan bosh murabbiyni ham xabari bor. Hammamiz birgalikda ko‘rishib, gaplashdik. Bizni ham Yevropani kuchli klublari bilan ishlayotganimizni bilishadi. Italiya, Germaniya, Turkiyani oldi klublaridan aniq takliflar bor. Niderlandiyadan ham variant bo‘lyapti. Kongoga qarshi uchrashuvda ham uchta davlat vakili Jahongir O‘rozovning o‘yinini stadiondan kuzatdi. Jumladan, Italiya, Angliya va Germaniyadan bo‘lib, jami 4 ta klub vakili o‘yinni kuzatishdi. Yaqin kunlarda, iyul oyi boshlarida O‘zbekistonga aniq taklif bilan kelishadi. Muzokaralar boshlanadi. Yevropadagi partnyorim ular bilan birga keladi va O‘rozov transferi yakunlari bo‘yicha bir to‘xtamga kelamiz.

- O‘rozov masalasida eng jiddiy qiziqayotgan klublar qaysilar?

- Italiyani ikki klubi jiddiy qiziqishyapti. Hatto, Niderlandiya hamda Kanadaga qarshi o‘tkazilgan o‘rtoqlik uchrashuvlariga ham borib ko‘rishdi. Italiyaliklar beshta o‘yinimizni kuzatishdi. Jahongir Kolumbiya va Kongoga qarshi jahon chempionatidagi ikkita uchrashuvda maydonga tushgan bo‘lsa, germaniyaliklar ham diqqat bilan kuzatdilar. Hozircha klublar nomini oshkor qilmoqchi emasmiz. Yakunda boshqacha qaror bo‘lib qolsa, har xil gap-so‘zlar bo‘lib ketmasligi uchun aytmay turganim ma’qul. Ammo aynan qaysi jamoalar kuzatayotganini aniq bilaman. Faqat shuni aytishim mumkinki, Italiya, Germaniya va Angliyadan aniq takliflar bor.

- Jahongirga avvalo Rossiyada o‘ynab tajribasini yanada shakllantirib so‘ngra Yevropani kuchli chempionatiga ketishi ma’qul emasmi? Har xolda dabdurustdan Yevropaga ketsa, hali u yerda futbolchini nima kutyapti, raqobatda nima bo‘ladi, muhitga qanday moslashadi, bu tavakkalchilik emasmi?

- Gapingiz to‘g‘ri. Lekin Rossiya tajriba o‘taydigan joy emas. Chempionatini yuqori baholashimiz mumkinu, ammo futbolchi O‘zbekiston chempionatida ham yaxshi o‘yin ko‘rsatdi. Yosh bo‘lishiga qaramay, Turkiya chempionatiga borib keldi. Xorijda to‘p tepish uchun unda ko‘nikma bor. O‘ziga ishonchi yuqori. Milliy jamoa bosh murabbiyi faqatgina peshqadam klublardan o‘yinchilarni olgani yo‘q. «Surxon»dan ham, «Dinamo»dan ham oldi. O‘rozov shu darajaga o‘z mehnati bilan yetib keldi.

Rossiyaga borib tajriba to‘playman desa, 22 yoshli futbolchi necha tajriba to‘plashi kerak? Yana 2 yoki 3 yil yurishi kerakmi? 25-26 yosh bo‘lganidan so‘ng Yevropada uni kelajak uchun deb olmaydi-da! Hozirgi 22-23 yoshli o‘yinchilarni olib o‘ynatadi. Yevropa klublariga qarasangiz, 18-19 yoshli futbolchilar o‘ynashyapti. To‘g‘risi, men aytayotgan klublarni yarmi bilan yanvar oyidayoq muzokaralar boshlangan. 6 oydan beri kuzatib kelishyapti. Masalan, O‘zbekiston chempionatida Jahongir 11 ta turda maydonga tushdi. Skautlarni shuncha paytdan beri fikri o‘zgarib qolmadi. Yana bir jamoa esa o‘tgan yilning avgust oyidan beri ko‘rib keladi. Ammo hali muzokarani to‘xtatgani yo‘q. Ayniqsa, Germaniya jamoalari biror o‘yinchi haqida ma’lumot to‘plashni boshlashsa bir yilgacha kuzatishar ekan.

- Umuman, O‘rozov va milliy jamoamizni mundialdagi o‘yinini qanday baholaysiz?

- To‘g‘risini aytadigan bo‘lsak, milliy jamoa o‘yinidan hech kim tushkunlikka tushish kerak emas. Sababi, guruhimiz juda kuchli edi. Barchasida top futbolchilar yig‘ilgan. O‘rozov Kolumbiya bilan yarim soat, Kongoga qarshi 82 daqiqa o‘ynadi, yomon taassurot qoldirmadi. Uni almashtirishini sababi, murabbiy hujumni kuchaytirish uchun vabank qildi. Menimcha, milliy jamoamizni keyingi jahon chempionatlarida yaxshi ishtirok etishiga ishonib qolish kerak. Osiyo Kubogida muvaffaqiyatli qatnashishiga ishonishimiz lozim.

Avlodlar almashinuvi bo‘lyapti, iqtidorli yoshlar yetishib chiqyapti. Yana bir-ikki yilda Behruz Karimovga o‘xshagan yoshlar ko‘payadi. Abduqodir Husanov, Jahongir O‘rozov, Abbos Fayzullayev...Barchalari hali yosh yigitlar. Hozirgi holatda milliy jamoa futbolchilarini tanqid ostiga olish ham noto‘g‘ri bo‘ladi. Osiyodan chiqib borishni o‘zi ham katta gap. Birinchi ishtirok, «o‘lim guruhi»ga tushib qoldi. Kyurasao, Yangi Zeland

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting