locale OZ

Italiyada \"Dinamo\" va \"Milan\" klublari oʻrtasida hamkorlik oʻrnatish masalalari koʻrib chiqildi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Italiyada "Dinamo" va "Milan" klublari oʻrtasida hamkorlik oʻrnatish masalalari koʻrib chiqildi
Photo: Dinamo PFK

Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev Italiyadagi safari davomida dunyoning eng mashhur futbol jamoalaridan biri hisoblangan "Milan" klubida bo‘ldi.

Samarqand viloyat futbol assotsiatsiyasi prezidenti Adiz Boboyev Italiya va Yevropaning nomdor hamda koʻp karra chempioni bo‘lgan "Milan" klubi ofisida bo‘lib, milanliklar rahbariyati bilan uchrashdi. Xususan, "Milan" klubi moliyaviy direktori Stefano Kochirio bilan uchrashuvda "Milan" klubi hamda Samarqandning "Dinamo" jamoasi oʻrtasida hamkorlik oʻrnatish masalalari muhokama qilindi. Jumladan, Samarqandda "Milan" futbol klubi akademiyasi dasturi boʻyicha iqtidorli futbolchilarni tarbiyalash, "Milan Junior Camp"ni Samarqandda tashkil etish va shu orqali "Milan" klubi seleksionerlari nigohini mahalliy oʻyinchilarga qaratish taklifi ilgari surildi.

Shuningdek, muloqotda "Dinamo" murabbiylari va mutaxassislarini "Milan" klubiga amaliyot va tajriba orttirish uchun yuborish masalasi ham muhokama qilindi. O‘z navbatida Stefano Kochirio klubning UEFA Pro litsenziyasiga ega murabbiylari Samarqandga borib, oʻz bilim va tajribalari bilan oʻrtoqlashishi mumkinligini bildirdi.

Uchrashuvda yosh iqtidorlar va futbol mutaxassislari uchun Samarqandda seminar tashkil etish, Milandagi futbol akademiyasiga oʻzbekistonlik iqtidorli yoshlarni jalb qilish orqali malakalarini oshirish masalalari ham muhokama qilindi. Uchrashuv yakunida "Milan" rahbariyati tomonidan Adiz Boboyevga 1-raqamli klub libosi topshirildi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting