Ispaniya Kubogi g'olibi qancha daromad olishi ma'lum bo'ldi
Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasi (RFEF) Ispaniya Kubogi finalida g'alaba qozongan jamoaga taxminan 1,2 million yevro to'laydi. Bu haqda Marca nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, hal qiluvchi bahsda mag'lub bo'lgan jamoa 1 million yevro ishlab oladi. Bu miqdor asosan televizion platformalar uchun translyatsiya huquqlarini sotishdan iborat bo'ladi.
Shuningdek, finalchilar chipta sotuvidan ham qo'shimcha daromad oladi. Finalga 50 000 dan ortiq chiptalar sotilishi kutilmoqda. Ularning narxi 72 yevrodan 270 yevrogacha bo'lishi aytilmoqda.
Tashkiliy xarajatlar chegirib tashlanganidan so'ng, qolgan mablag' RFEF va turnir finalchilari o'rtasida taqsimlanadi, natijada ular yana 1 million yevroga yaqin daromad olishlari mumkin.
Eslatib o'tamiz, “Barselona” va “Real Madrid” o'rtasidagi Ispaniya Kubogi finali 26-apreldan 27-aprelga o'tar kechasi Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da start oladi.