locale OZ

Islombek Ismoilov «Neftchi» bosh murabbiyligiga tayinlandi

Uning oldiga amaldagi chempionlikni himoya qilish vazifasi qo‘yilgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Islombek Ismoilov «Neftchi» bosh murabbiyligiga tayinlandi
Фото: Нефтчи ПФК

O‘zbekiston o‘smirlar jamoasi sobiq bosh murabbiyi Islombek Ismoilov ham Superliga klubida ish boshladi. Farg‘ona viloyati hokimligi matbuot xizmati "Neftchi" klubi ushbu yosh mutaxassis bilan shartnoma tuzilgani haqida e’lon qildi.

"Marg‘ilon shahrida tug‘ilgan Islombek Ismoilov yosh bo‘lishiga qaramay, milliy futbolimizda sezilarli natijalarga erishib, murabbiylik sohasida eng istiqbolli kadrlaridan biri sifatida tanilgan. U boshqargan U-17 terma jamoasi zamonaviy o‘yin uslubi, intizom va xarakter bilan mamlakatimiz sharafini munosib himoya qildi", – deyiladi klub matbuot xizmati xabarida.

"Neftchi" klubi oldiga "chempionlikni saqlab qolish va mustahkamlash, Osiyo Chempionlar Ligasi elit bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etish, jamoaning raqobatbardosh va uzluksiz rivojini ta’minlash" vazifalari qo‘yilgani qayd etilgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting