locale OZ

Islom Ahmedov: «Hujumda tajovuzkorlik yetishmadi»

"So'g'diyona" - "Andijon" (1:0) o'yinidan keyin «Andijon» ustozi Islom Ahmedov matbuot anjumanida ishtirok etdi.
Islom Ahmedov: «Hujumda tajovuzkorlik yetishmadi»
photo: Andijon fk
O‘zbekiston Superligasi
06.08.2026, Yak.
So'g'diyona
1
Andijon
0

Islom Ahmedov: «Hujumda tajovuzkorlik yetishmadi»

"So'g'diyona" - "Andijon" (1:0) o'yinidan keyin «Andijon» ustozi Islom Ahmedov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yinga keladigan bo'lsak, to'pni nazorat qildik, hujumlarga ham o'tdik. Baribir bizda hujumdagi tajovuzkorlik yetishmadi. Futbolchilarimiz borini berib harakat va mehnat qilishdi. Buning uchun ularga hech qanaqa e'tirozimiz yo'q. Hujumni yakunlashda kamchiliklarimiz ko'rinib qoldi.

- 10 avgust kuni yozgi transfer oynasi yopiladi. Jamoada yana yangi o'yinchilarni ko'rishimiz mumkinmi?

- Bu masala bo'yicha rahbariyat bilan birga izlanyapmiz. Ayniqsa, hujum chizig'ini kuchaytirish bo'yicha istayapmiz. Bu borada bir-ikkita futbolchilar bilan muzokaralar olib boryapmiz. Baribir ularni o'z jamoalari bilan amaldagi shartnomalari borligi uchun ushbu jarayon biroz qiyin kechyapti.

- «Andijon»ni keyingi turda o'z uyida «Neftchi»ga qarshi vodiy derbisi kutmoqda. Bugungi mag'lubiyatdan keyin futbolchilarni ruhlantirish va bo'lajak jiddiy uchrashuvga tayyorlash rejasi qanday bo'ladi?

- Hozircha yigitlarimizga ikki kunlik dam berdik. Futboldan biroz chalg'ib, oilasi bilan birga bo'lib, ruhiy tomonlama o'zlariga kelib olishlari uchun shunday qildik. 9 avgustdan o'z bazamizda yig'ilib vodiy derbisiga tayyorgarlik ko'ramiz. Bu o'yinni ko'rib chiqib, yo'l qo'yilgan kamchiliklar ustida ko'proq ishlaymiz.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting