locale OZ

Ulug'bek Baqoev: «Rostini aytsam, hisob 0:0 bo'lib qoladi, deb o'ylagandim»

O'yindan keyin «So'g'diyona» bosh murabbiyi Ulug'bek Baqoev matbuot anjumanida qatnashdi.
Ulug'bek Baqoev: «Rostini aytsam, hisob 0:0 bo'lib qoladi, deb o'ylagandim»
photo: Andijon fk
O‘zbekiston Superligasi
06.08.2026, Yak.
So'g'diyona
1
Andijon
0

Ulug'bek Baqoev: «Rostini aytsam, hisob 0:0 bo'lib qoladi, deb o'ylagandim»

O'yindan keyin «So'g'diyona» bosh murabbiyi Ulug'bek Baqoev matbuot anjumanida qatnashdi.

- O'yin haqidagi fikrlaringiz?

- O'yinda ikki teng kuchli raqib o'zaro bahs olib bordi. Umuman olganda, butun uchrashuv davomida yaxshi, ishonchli o'yin bo'ldi. To'p nazorati, xavfli hujumlar ham «Andijon» tomonidan, ham bizning jamoa tomonidan bo'ldi. Birinchi taym — 0:0, ikkinchi taymda ham xuddi shunday holat kuzatildi. Ularda ham vaziyatlar bo'ldi, bizda ham.

Rostini aytsam, hisob 0:0 bo'lib qoladi, deb o'ylagandim. Ammo futbolchimiz mahorati va vaziyatni ijro etishi o'z so'zini aytdi. U gol urdi, juda chiroyli gol bo'ldi. Shuning uchun jamoamizni, futbolchilarimizni o'zini ayamagani, o'yin intizomi va g'alaba bilan tabriklamoqchiman! Endi keyingi o'yinga tayyorlanamiz. «Andijon» jamoasiga esa keyingi uchrashuvlarda omad va yaxshi o'yin tilayman.

- O'tgan turda Doriev xet-trikka erishdi va jamoangiz g'alaba qozondi. Bugun ham Doriev yagona golni urdi va navbatdagi uch ochko. Dorievsiz «So'g'diyona»ni qanday tasavvur qilish mumkin?

- Bugungi kunga kelib, u yaxshi o'ynayapti, jamoaga foyda keltiryapti. Agar u bo'lmay qolsa, keyin bu savolga javob berishim mumkin. Hozir bu savolga javob berish qiyin. Menimcha, uning vaziyatlarni ijro etishi umuman olganda jamoaga natija olib kelyapti. Biz uning kuchli tomonlarini bilamiz. Shuning uchun uni ayrim o'yin vaziyatlaridan ozod qilishga harakat qilamiz, toki u uchrashuv davomidagi vaziyatlarni yakunlay olsin. Unda bu yaxshi chiqyapti. Agar Doriev bo'lmasa... bilmadim, qandaydir o'ynaymiz, ehtimol.

- O'yin oxirida Golban jarohat oldi. Hozir uning holati qanday? Jiddiymi?

- Hozir bu haqda aniq aytish qiyin. Hozir shifokor o'z ishini qiladi, oyog'ini tekshirib ko'radi. Ertaga MRT qilishadi. Menimcha, tizzasida jiddiy jarohat yo'q. U yerda nimadir bo'lgan, xolos. Yaxshi natija bo'lishidan umid qilamiz.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting