locale OZ

Ikki rekordchi futbolchi murabbiy sifatida to'qnash keladi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ikki rekordchi futbolchi murabbiy sifatida to'qnash keladi
PHOTO: Instagram
O‘zbekiston Superligasi
19.04.2025, Yak.
Sho'rtan G'uzor
0
Mashal
1

19 aprel O‘zbekiston Superligasi 6-turi doirasidagi Qashqadaryo derbisi bo‘lib o‘tadi. Unda G‘uzorning "Sho‘rtan" va Muborakning "Mash‘al" klublari kuch sinashishadi.

Mazkur bahs Qarshi shahridagi "Markaziy" stadionda bo‘lib o‘tadi.

E’tiborli jihati ikkala jamoa bosh murabbiylari O‘zbekiston chempionatlarida o‘z yo‘nalishida mutlaq rekordchilar hisoblanadi.

"Sho‘rtan" ustozi Anvar Berdiev O‘zbekiston chempionatlari tarixida eng ko‘p gol urgan futbolchi hisoblanadi. "Neftchi"da yulduzli onlarini o‘tkazgan Berdiev O‘zbekiston oliy ligasida jami 505 ta o‘yinda maydonga tushib, 225 ta gol urgan. Hozirga qadar hech qaysi futbolchi oliy ligamizda bunday ko‘p gol urmagan.

"Mash‘al" bosh murabbiyi Asror Aliqulov esa o‘yinlar soni bo‘yicha tengsiz bo‘lib turibdi. Futbolchilik faoliyati davomida "Mash‘al", "Nasaf", "Paxtakor", "Sho‘rtan" va "Dinamo" klublarida to‘p tepgan Aliqulov hisobida oliy ligada 520 ta o‘yin mavjud.

Farhod Fayziyev
Farhod Fayziyev
Ekspert
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting