locale OZ
locale OZ
Mehmon
Mehmon Izoh qoldirish uchun kiring yoki ro'yxatdan o'ting
Menyu

Igor Litovka qanday qilib “Andijon”ga kelib qolganini aytdi

Futbol 24 iyn 2025 da 12:48
Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Журналист
Igor Litovka qanday qilib “Andijon”ga kelib qolganini aytdi
FOTO: FC Andijon

“Andijon” klubining sobiq darvozaboni, hozirda Gruziyaning “Gagra” klubi safida to'p surayotgan Igor Litovka Sports24.uz saytiga intervyu berdi.

Litovka suhbat chog'ida nega darvozabon bo'lgani, “Andijon”ga qanday kelib qolgani va futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan so'ng nima bilan shug'ullanishi haqida aytib o'tdi.

“Darvozabon - bu katta mas'uliyat, bu jamoaning yarmi. Bu kuchli psixologiya va katta bosim. Shuning uchun bo'lsa kerak, biz maydondagi futbolchilardan ko'ra ko'proq faoliyat olib boramiz. Yoshimiz ulg'aygani sari o'yinni yaxshiroq his qilamiz.

“Andijon”ga qanday kelib qoldim? Meni Ulug'bek Mirzayev taklif qilgandi. Oilamiz bilan Xorvatiyada edik va o'z kuchimni yangi chempionatda sinab ko'rishga qaror qildim.

Darvozabonlar maydondagi futbolchilardan ko'ra ko'proq o'yinga berilib ketishadi. Aynan shuning uchun ko'pincha darvozabonlar yaxshi murabbiyga aylanishadi. Hozircha bosh murabbiy bo'lish haqida o'ylamayapman, ammo darvozabonlar bilan ishlash - bu men o'zimni futbolchilik faoliyatimni yakunlaganimdan keyin ko'rayotgan narsam”, - deydi Litovka.

Ma'lumot uchun, Igor Litovka “Andijon”dagi faoliyati davomida 42 ta o'yinda maydonga tushib, 45 ta gol o'tkazib yuborgan. Uning Transfermarkt'dagi narxi 50 ming yevroga baholanmoqda.

Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting