locale OZ

Igor Litovka: “Andijon” muxlislari Respublikada birinchi raqamli!”

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Igor Litovka: “Andijon” muxlislari Respublikada birinchi raqamli!”
FOTO: FC Andijon

“Andijon” klubining sobiq darvozaboni, hozirda Gruziyaning “Gagra” klubi safida to'p surayotgan Igor Litovka Sports24.uz saytiga intervyu berdi.

Litovka suhbat chog'ida “Andijon” muxlislarini alohida e'tirof etib, ularning Respublikadagi 1-raqamli deb atadi.

“Andijon” muxlislari Respublikada birinchi raqamli! Ulardek hech kim qo'llab-quvvatlay olishmaydi! Hozir butun chempionatda trendni aynan bizning muxlislar belgilamoqda va qolgan muxlislar ham “Ultras Burgut”ga qarab rivojlana boshlaganini sezish mumkin.

Stadion esa o'yinlardan keyin bir necha bor mening familyamni aytib hayqirganini hech qachon unutmayman. Bu katta hurmat belgisi va men ularga o'z hurmatimni ko'rsatish uchun qo'limdan kelgan hamma narsani qildim”, - deydi Litovka.

Ma'lumot uchun, Igor Litovka “Andijon”dagi faoliyati davomida 42 ta o'yinda maydonga tushib, 45 ta gol o'tkazib yuborgan. Uning Transfermarkt'dagi narxi 50 ming yevroga baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting