locale OZ

Havertz YChL finali oldidan fikr bildirdi

Final o‘yini 30 may kuni Vengriya poytaxti Budapeshtda bo‘lib o‘tadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Havertz YChL finali oldidan fikr bildirdi
ФОТО: Getty images
Chempionlar ligasi
30.05.2026, Yak.
Paris Saint-Germain
1
Arsenal
1

"Arsenal" hujumchisi Kay Havertz PSJga qarshi bo‘ladigan Chempionlar ligasi finali oldidan kim favorit ekani haqida o‘ylamayotganini tan oldi. O‘yin shanba kuni, 30 mayda bo‘lib o‘tadi.

"Rostini aytsam, men bu haqda (kim favorit, kim autsayder) o‘ylamayapman ham. PSJ o‘tgan yili turnirda g‘olib chiqqan, shuning uchun ular o‘tgan mavsumda Yevropadagi eng yaxshi jamoa bo‘lgan bo‘lsa kerak. Va bu yil ular yana aql bovar qilmaydigan mavsumni o‘tkazishyapti.

Klubimiz uchun bu finalga ikkinchi bor chiqishimiz, lekin biz o‘zimizga to‘liq ishonamiz. Biz bir necha yildan beri eng yuqori saviyada kurashib kelyapmiz va nihoyat Premyer-ligada g‘olib chiqdik. O‘ylaymanki, bu ham bizga katta turtki beradi. Va siz autsaydermisiz yoki boshqamisiz, buning ahamiyati yo‘q.

Biz maydonga tushib, ularni mag‘lub etamiz. Demak — faqat oldinga», — deya Havertzning so‘zlarini keltiradi The Athletic.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting