locale OZ

Kimmix: «Finalda Kay uchun muxlislik qilaman»

"Arsenal" finalda "PSJ"ga qarshi o‘ynaydi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Kimmix: «Finalda Kay uchun muxlislik qilaman»
ФОТО: Getty images
Chempionlar ligasi
30.05.2026, Yak.
Paris Saint-Germain
1
Arsenal
1

Germaniya terma jamoasi sardori Yozua Kimmix germaniyalik hujumchi Kay Havertz tufayli UEFA Chempionlar Ligasi finalida "PSJ"ga qarshi o‘yinda "Arsenal"ni qo‘llab-quvvatlashini aytdi.

"Men Kay uchun muxlislik qilaman — umid qilamanki, u muvaffaqiyat to‘lqinida bizga [Germaniya terma jamoasiga] qo‘shiladi. Bunday unvon ijobiy energiya yaratadi. U biz uchun muhim o‘yinchi va Germaniyada yetarlicha qadrlanmaydi. Havertz Evroda muhim rol o‘ynadi, chunki u jamoamizga yordam beradigan ajoyib fazilatlarga ega", — deya Kimmixning so‘zlarini keltiradi Bayern & Germany ijtimoiy tarmoqda.

Chempionlar Ligasi finali bugun, 30 may kuni bo‘lib o‘tadi. "PSJ" va "Arsenal" o‘rtasidagi o‘yin Budapeshtdagi "Puskash Arena" stadionida bo‘lib o‘tadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting