Joau Nevesh: \"G‘alabaga munosib edik\"
Joau Nevesh «PSJ»ning «Arsenal» (1:1, penaltilar seriyasi — 4:3) ustidan UYEFA Chempionlar ligasi finalidagi g‘alabasi haqida fikr bildirdi.
photo: gettyimages
Chempionlar ligasi
30.05.2026, Yak.
Paris Saint-Germain
1
Arsenal
1
Joau Nevesh «PSJ»ning «Arsenal» (1:1, penaltilar seriyasi — 4:3) ustidan UYEFA Chempionlar ligasi finalidagi g‘alabasi haqida fikr bildirdi.
«G‘alabaga munosib edik, chunki maydonda futbol o‘ynashni istagan yagona jamoa «PSJ» edi.
Meni faqat g‘alaba emas, balki shunday jamoadoshlar, murabbiylar va rahbariyat bilan ishlayotganim ham xursand qiladi. Bu yerda menga hamma narsa yoqadi», — dedi portugaliyalik yarimhimoyachi M6 telekanaliga bergan intervyusida.
Ibrohim Jalolov
Redaktor