«PSj» - Chempionlar Ligasi g’olibligi uchun asosiy da’vogar (Opta)
Oʻyin Budapeshtdagi “Pushkash Arena” stadionida boʻlib oʻtadi.
ФОТО: Getty images
Chempionlar ligasi
30.05.2026, Yak.
Paris Saint-Germain
1
Arsenal
1
Opta superkompyuteri Chempionlar ligasining “PSJ” va “Arsenal” oʻrtasidagi final uchrashuvi (30-may) favoritini eʼlon qildi. Fransiya grandining sovrinni saqlab qolish imkoniyati 56 foizga, “kanonirlar”ning gʻalaba qozonish ehtimoli esa 44 foizga baholanmoqda. Bu haqda Opta Analyst sayti xabar bermoqda.
Oʻyin Budapeshtdagi “Pushkash Arena” stadionida boʻlib oʻtadi. Uchrashuvni bosh hakam sifatida Daniel Zibert boshqaradi.
“PSJ” UEFA Chempionlar ligasining 2024/2025 yilgi mavsumi gʻolibiga aylandi. Oʻtgan turnir finalida Parij jamoasi Milan “Inter”ini 5:0 hisobida magʻlubiyatga uchratgan edi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist