locale OZ

«PSJ» ketma-ket ikkinchi bor Chempionlar ligasi g'olibi bo'ldi

Parij klubi penaltilar seriyasida zafar quchdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
PSJ ketma-ket ikkinchi bor Chempionlar ligasi g'olibi bo'ldi
ФОТО: Getty images
Chempionlar ligasi
30.05.2026, Yak.
Paris Saint-Germain
1
Arsenal
1

Bugun, 30 may kuni PSJ va “Arsenal” jamoalari o'rtasida Chempionlar ligasi final bahsi bo'lib o'tdi. Qizg'in va murosasiz kechgan uchrashuvda parijliklar penaltilar seriyasida g'alaba qozonib, ketma-ket ikkinchi bor musobaqa bosh sovrinini qo'lga kiritdi.

O'yinning 6-daqiqasida “Arsenal” hujumchisi Kay Havertz hisobni ochib, londonliklarni oldinga olib chiqdi.

Ikkinchi bo'limda PSJ tashabbusni o'z qo'liga oldi va 65-daqiqada Usmon Dembele penaltilardan aniq zarba yo'llab, hisobni tenglashtirdi. Shundan so'ng asosiy vaqt 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi.

Qo'shimcha bo'limlarda ham tomonlar ehtiyotkor harakat qildi va darvozalarga boshqa gol kiritilmadi. Natijada g'olib nomi penaltilar seriyasida aniqlandi.

Penaltilar seriyasida PSJ 4:3 hisobida ustun kelib, Chempionlar ligasi kubogini qo'lga kiritdi.

YeChL. Final
PSJ – Arsenal 1:1 (pen: 4:3)
Gollar:
Dembele 63 penalti - Havertz 6

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting