Hakimi va Dembele «Arsenal»ga qarshi o‘ynaydimi?
“PSJ” qanot himoyachisi Ashraf Hakimi 30 may kuni “Arsenal”ga qarshi bo‘lib o‘tadigan Chempionlar ligasi finalida asosiy tarkibda maydonga tushmasligi ehtimoli yuqori. Bu haqda L’Équipe xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Usmon Dembele esa boldir mushagi jarohatidan so‘ng hozircha individual dastur asosida mashg‘ulot o‘tkazmoqda. Uning atrofidagilar futbolchining “Arsenal”ga qarshi o‘yinda asosiy tarkibda tushishiga umid bildirmoqda.
Lekin, agar u 26 may kuni jamoaviy mashg‘ulotlarda ishtirok etmasa, finalga tayyorgarligi borasida shubhalar paydo bo‘lishi mumkin.
Hakimi 28 aprel kuni “Bavariya”ga qarshi Chempionlar ligasi yarim finalining birinchi o‘yinida (5:4) son qismidan jarohat olgan edi.