Fransiya chempionatining 3-turida «PSJ» o‘z maydonida «Monako»ga qarshi bellashdi
Fransiya chempionatining 3-turida «PSJ» o‘z maydonida «Monako»ga qarshi bellashdi. Unda monegasklar 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Dastlab Markinos 31-daqiqada hisobni ochdi. 58-daqiqda Nazinyu muvozanatni tikladi. 72-daqiqada Idumbo mehmonlar safida g‘alaba goliga mualliflik qildi.
Natijada Parij jamoasi 2 ochkor bilan 12-o‘rinda bormoqda. «Monako» 9 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda.
Fransiya chempionati. 3-tur
PSJ – Monako 1:2
Gollar: Markinos 31 – Nazinyu 58, Idumbo 72
PSJ – Safonov, Markinos, Pacho, Zair-Emeri (Ernandes, 63), Hakimiy, Joau Nevesh, Fabian Ruis (Fernandes, 76), Vitinya, Akliush (Dembele, 68), Kvaratsxeliya (Godts, 68), Due (Ferran Torres, 63).
Monako – Gradetski, Erik Dayer, Sane, Nazinyu, Vanderson (Teze, 52), Zakariya, Kamara, Golovin (Mavissa, 87), Idumbo (Benzaxra, 87), Kulibali (Subeyr, 73), Brunner (Ablen, 73).
Ogohlantirishlar: Ernandes (68) — Teze (68).