Flik: «Real»ga qarshi bahsda jamoam bilan birga boʻla olmasligimdan hafaman»
«Barselona» bosh murabbiyi «Jirona»ga qarshi o'yindagi qizil kartochka haqida fikr bildirdi.
FOTO: Getty Images
Ispaniya La Ligasi
26.10.2025, Yak.
Real Madrid
2
Barselona
1
«Barselona» bosh murabbiyi Hans-Diter Flik Ispaniya chempionatining 9-turidan oʻrin olgan «Jirona»ga (2:1) qarshi bahsda hakam qarorlaridan norozi boʻlgani uchun maydondan chetlatildi. Mutaxassis bu holatga quyidagicha izoh berdi.
«Men aslida Frenkiga (De Yong) qarsak chalgan edim, hakamga emas. Hakam bilan gaplashmoqchi boʻldim, lekin u bunga rozi boʻlmadi. U qaror chiqardi va men uni qabul qildim. Faqat shuni ayta olaman. Jamoam bilan «El Klasiko»da birga boʻla olmasligim menga ogʻir botadi», — dedi Flik.
Eslatib oʻtamiz, «Barselona» va «Real» oʻrtasidagi bahs 26 oktyabr kuni La Liganing 10-turi doirasida «Santyago Bernabeu»da boʻlib oʻtadi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist