locale OZ

Final. Ikkinchi bo'lim yakunlandi. Hakamlardan odilona qaror

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Final. Ikkinchi bo'lim yakunlandi. Hakamlardan odilona qaror
Photo: gettyimages
Ispaniya kubogi
26.04.2025, Yak.
Barselona
3
Real Madrid
2

Sevilya shahrida bo'lib o'tgan Ispaniya kubogining final uchrashuvi ikkinchi bo'limi o'z nihoyasiga yetdi. Birinchi bo'limdan keyin 1:0 hisobida ortda qolayotgan “qirollik klubi” ikkinchi bo'limda o'ziga kela oldi. Zahiradan maydonga tushgan Killiyan Mbappe uchrashuvning 70 daqiqasida jarima zarbasidan chiroyli gol urib, hisobni tenglashtirdi, 1:1.

77 daqiqada Chuameni burchakdan oshirilgan topni boshi bilan darvozaga yo'llab “Real”ni kambek qilib oldinga o'tib olishiga sababchi bo'ldi. Lekin, oradan yetti daqiqa o'tib “Barselona” futbolchisi Ferran Torres ham o'ziga berilgan imkoniyatdan unumli foydalandi va hisobni tenglashtirdi.

Uchrashuvga qo'shib berilgan daqiqalarda bahsli vaziyat yuzaga keldi. “Real” futbolchisi o'z jarima maydonchasi ichida Rafinyaga nisbatan o'yin qoidasini buzdi deb topildi va hakam o'n bir metrli zarbani belgiladi. Vaziyatga VAR aralashdi va hakamlar penalti yo'q ekanligini bildirib, to'g'ri qaror qabul qilishdi.

Uchrashuvning qo'shimcha vaqtlari boshlandi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting