locale OZ

Fevzi Davletov: \"VAR hakamlari diqqat bilan qarashi kerak edi\"

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Fevzi Davletov: "VAR hakamlari diqqat bilan qarashi kerak edi"
PHOTO: Telegram
O‘zbekiston Superligasi
15.06.2025, Yak.
Surxon
0
Neftchi Fargona
0

“Surxon” bosh murabbiyi Fevzi Davletov o‘yindan keyingi matbuot anjumanida jurnalistlar savollariga javob berdi:

“Bugungi o‘yin keskinligi jihatidan ancha yaxshi bo‘ldi. Har ikki jamoa g‘alabaga intildi. Biz o‘yinni yaxshi boshlay olmadik — himoyada xatolar bo‘ldi, o‘zaro tushunmovchiliklar yetishmadi. Raqib xavfli vaziyatlar yaratdi. Keyinchalik biz o‘yinni tenglashtirdik va yaxshi imkoniyatlar yaratdik. Bugun pozitsion futbol bo‘ldi. Ikkinchi bo‘limda bizda bir vaziyat bo‘ldi — hujumchimizning oyog‘i jarohat oldi. Bu holatda VAR hakamlari diqqat bilan qarashi kerak edi. Umuman olganda, futbolchilarning fidoyiligi va o‘yinga bo‘lgan yondashuviga e’tiroz yo‘q, bugun faqatgina imkoniyatlarni amalga oshirish yetishmadi

Mashg‘ulot jarayoniga ko‘ra, bizda hozirda yaxshi sport formasida bo‘lgan yagona aniq hujumchi bor. Bu – Muhammad-Ali Abdurahmonov. Abdug‘ofur Haydarovga esa sport formasini tiklab olish uchun vaqt kerak. Uning yoshlar terma jamoasidagi yig‘inlari va o‘yinlari Superligadagi ritmni ushlashiga to‘sqinlik qilmoqda.

Bizga xuddi Muhammad-Ali Abdurahmonov kabi holatda bo‘lgan, katta hajmda ishlay oladigan hujumchi kerak. Bu bilan biz Abdug‘ofurga ishonmaymiz degani emas. Agar u bizning talablarimizni bajarsa va sport formasini tiklasa, biz uni albatta asosiy tarkibga qaytaramiz va ikki hujumchi bilan o‘ynash rejimiga o‘tamiz",-deydi Devletov

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting