locale OZ

Enrike: «Arsenal» kabi biz ham o‘zimizning kuchli tomonlarimizdan maksimal darajada foydalanishga harakat qilamiz»

Uchrashuv 30 may kuni bo‘lib o‘tadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Enrike: “Arsenal” kabi biz ham o‘zimizning kuchli tomonlarimizdan maksimal darajada foydalanishga harakat qilamiz”
ФОТО: Getty images
Chempionlar ligasi
30.05.2026, Yak.
Paris Saint-Germain
1
Arsenal
1

Fransiyaning "Pari Sen-Jermen" klubi bosh murabbiyi Luis Enrike Chempionlar ligasi finalidagi raqibi – Angliyaning "Arsenal" klubi bilan o‘z jamoasini taqqosladi. Uchrashuv 30 may kuni bo‘lib o‘tadi.

"Bu jamoalarni bir-biriga qarama-qarshi deb o‘ylamayman. "Arsenal" – Mikel Arteta qiyofasi va timsolida yaratilgan jamoadir. U to‘pga egalik qilishga asoslangan Xosep Gvardiola mafkurasidan boshlanganini aniq ko‘rish mumkin. "Arsenal"da aql bovar qilmaydigan kurashuvchanlik xususiyatlari bor, bunda Mikelning xarakteri yaqqol namoyon bo‘ladi. Bu – butun Yevropada himoyada o‘ynash bo‘yicha eng yaxshi jamoa va bu bir necha yildan beri shunday. Portlovchi uyg‘unlik. Ular bir o‘yinchiga bog‘lanib qolmagan. Standartlardan ko‘p gol urishadi, gol o‘tkazmaslik va ko‘p gol urish qobiliyatini o‘zida mujassam etgan.

Kimdir ularni jamoaviy gollar urmaydi, deb aytishi mumkin, lekin bu kimni qiziqtiradi? "Arsenal"ning istalgan muxlisidan so‘rang, ishonchim komilki, u baxtli bo‘ladi. Ular Premer-ligada g‘olib chiqishdi va men ularni tabriklayman. Ular bunga boshidanoq munosib edilar, chunki ular ajoyib mavsum o‘tkazishdi. Ular o‘zlari ishtirok etgan barcha turnirlarda g‘alaba qozonishga juda yaqin edilar.

Bizning o‘xshashligimiz shundaki, "Arsenal" kabi biz ham o‘zimizning kuchli tomonlarimizdan maksimal darajada foydalanishga harakat qilamiz. Buning uchun biz to‘pga egalik qilishimiz va o‘yin orqali o‘zimizni namoyon etishimiz kerak. Biz ham standartlardan gol ura olamiz, lekin o‘zaro harakatlar orqali to‘pga egalik qilishni, raqib himoyasini yorib o‘tish yo‘llarini izlashni yaxshi ko‘ramiz va buni jamoa bo‘lib qilishga intilamiz.

Bizning o‘yinchilarimizda ko‘plab ajoyib individual fazilatlar bor, lekin ular ham jamoa bo‘lib o‘ynashadi. O‘ylaymanki, biz ikkita buyuk jamoa haqida gapiryapmiz. "Bavariya" bilan birga bu Yevropaning eng yaxshi uchta jamoasi. Bularning barchasi shuni anglatadiki, agar biz ulardan ustun kelmoqchi bo‘lsak, odatdagidan farqli ravishda moslashishimiz, o‘ynashimiz va himoyalanishimiz kerak bo‘ladi", – deya Enrikenig so‘zlaridan iqtibos keltiradi UEFA rasmiy sayti.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting